Emerson Collective

Oʻqishga kirguncha emas, oʻqishga kirgandan keyin nima qilishingni yoxud kim boʻlishingni bilmaslik qiyin ekan. Yillar mobaynida tayyorlanib oʻzing xohlagan yoʻnalishingda oʻqishga kiraolmasliging -bu alamli. Hikoyamiz mana shu voqea haqida

Olislardagi qishloqlardan birida orzulari osmon bir qiz 1-kursga qabul qilinganidan xursand. Kontrakt ekan. Bu ham mayli lekin oʻzi xohlagan soha emas. Boshqa sohaga, ya’ni jurnalistikaga kirgan. Oʻzi va oilasi uni oʻqituvchi boʻlishini juda istashgan edi. Ba’zi qarindoshlar yaxshi soha muhimi oʻqishga kirdi deb aytishsa, boshqalar esa bu qanday soha deb tushunishmasdi. Tadir ekan u shu sohada oʻqishga qaroro qildi.

Oʻqishning birinchi kunida u biroz qoʻrqdi. Hamma tarafda talabalar. Juda koʻp edi. Kunlar, oylar oʻtgani sayin u bunga koʻnikdi. Oʻqishi ham, domlalari ham oʻziga ma’qul. Koʻplab doʻstlar orttirdi. Bora-bora bu soha unga yoqa boshladi. Ular amaliyotlarga chiqishdi. Shu asnoda bu sohaning sir-asrorlaridan boxabar boʻla boshladi.

Bir kuni radioda kasting e’lon qilindi. Bolaligida bobosi olib kelgan radioni koʻp eshitardi. Kimlar gapirarkin, ichida nimalar bor ekan deb oʻylardi. U hammasini bilish uchun qqtnashmoqchi boʻldi. Lekin kastingda qatnashishini ota-onasiga aytmadi. Agar oʻtolmasa xafa boʻlishlarini xohlamadi.

Kastinga ishtirokchilar koʻp edi. U buncha ishtirokchi boʻladi deb oʻylamagandi. Shuncha insonni orasidan meni tanlasharmikin deb hayajon bosardi qizni. Va nihoyat navbat unga keldi. Hakamlar undan xohlagan mavzuda biror bir narsa aytib berishini soʻrashdi. U bobosi yozgan she’rlardan oʻziga eng yoqqanini aytib berdi. Hakamlar unga hech narsa aytishmadi. Faqatgina natijani bir haftadan keyin bilishini aytishdi. U hech narsa sezmasdi. Butun oʻy-xayoli natijada esi. Na yegan ovqatini, na ichgan suvini bilardi. U hakamlarning deyarli hech narsa deyishmaganidan oʻtolmasim deb oʻylardi. Ikki-uch kun shu alfozda oʻtdi kuni. Keyinchalik koʻnikdi xatto natijani ham kutmasdi.

Oʻsha vaqt keldi. Darsda oʻtirganida unga kastingdan oʻtgani haqida xabar keldi. U bu xabarni oʻqib koʻzlariga ishonmasdi. Xursandligidan “siz kastingdan oʻtdingiz, tabriklaymiz” degan yozuvni qayta-qayta oʻqir edi.

Oradan 4 yil oʻtdi. Bu sohaga adashib kelib qoldim deb oʻylagan oʻsha qiz hozir mashhur jurnalist. Shundan keyin u hamma narsa bekorga emaligi, hamma narsada bir hikmat borligi va hamma narsa yaxshilikka xizmat qilishi kerakligini yana bir karra anglab yetdi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search